Mauro Ikardi: Mening gollarimdan ko'ra, jamoaning uch ochko olishi muhim

18 mar 2018, 23:59
“Sampdoriya”ga qarshi o'yinda poker qayd etgan “Inter” sardori Mauro Ikardi o'yindan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Men 100 lik dovonni zabt etishni xohlagandim (u bunga erishdi) va bu bilan to'xtab qolmoqchi emasman. Bugun jamoa ajoyib ishni amalga oshirdi. Biz gollarimdan-da muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik. Hozir ochko jamg'arish juda muhim. Bizda jamoaviy ruh va g'alaba qozonish istagi bor. Oldimizga maqsad qo'yganmiz va unga erishishimiz shart”, - deydi Ikardi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia