Matich "Roma" bilan shartnoma imzolash uchun Rimga uchib keldi

Alisher
13 iyun 2022, 17:25
"Manchester Yunayted" bilan shartnomasi yakunlanayotgan yarim himoyachi Nemanya Matich "Roma" bilan bitim tuzish uchun Rimga keldi.

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda.

Bitim borasida kelishuvga erishilgan va 33 yoshli xavbek bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzolaydi.

Matich o'tgan mavsum MYU tarkibida barcha musobaqalarda 32ta o'yinda maydonga tushib, 4ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano