Mata Saudiya Arabistoni klubini rad etdi

Оқил Абдубарноев
17 iyun 2022, 21:27
Ispaniyalik yarim himoyachi Xuan Mata Saudiya Arabistoni klubidan bosh tortdi.

“Al Hilol” futbolchi uchun yiliga 10 million evro maoshlik shartnoma taklif qildi. Biroq 34 yoshli ispaniyalik futbolchi faoliyatini Yevropada davom ettirmoqchi bo'lgani sababli ushbu taklifni qabul qilmadi.

Avvalroq "Manchester Yunayted" Mataning iyun oyi oxirida tugaydigan shartnomasi uzaytirilmasligini ma'lum qilgandi. Xuan sakkiz yarim yillik faoliyatdan so'ng "Old Trafford"ni tark etadi.

Mataning shartnomasida dastlab Xuan kelajakda "qizil iblislar" elchisi bo'lishi mumkinligi ko'rsatilgandi. Biroq klub ispaniyalik futbolchiga yanada mas'uliyatliroq rol taklif qilishga tayyor edi hamda Matani texnik direktor lavozimiga nomzod sifatida ko'rib chiqdi, biroq Xuan futbolchilik faoliyatini davom ettirish qaroriga keldi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Goal