Maskerano: “Neymar haqida barcha ijobiy fikrda”

Narzulla Saydullayev
5 noya 2013, 16:13
“Barselona” klubi yarim himoyachisi Xaver Maskerano, jamoaga Neymardek futbolchi kelganidan juda xursand ekanligini aytib o'tdi, deb xabar beradi ispan OAV.

“Neymar “Santos”da qaysi poziciyada harakatlangan bo'lsa, “Barselona”da ham xuddi shu poziciyada o'ynayapti. Bundan tashqari Neymar – ajoyib inson. Men u bilan ishlagan odamlar bilan suhbatlashganman. Ularning barchasi Neymar haqida ijobiy fikrda. Ishonaman u jamoaga katta foyda keltiradi”, - deya ta'kidladi Maskerano.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com