"Mashal" yoshlari ham, birinchi ligasi ham "Buxoro"ni mag'lub etdi

12 yanv 2015, 13:28
Kecha Buxorodagi "Quruvchi" stadionida "Mashal"ning ikki jamoasi ikkita nazorat bahsini o'tkazdi.
Birinchi bo'lim maydonga "Buxoro" yoshlari va birinchi liga vakili "Mashal-2" maydonga chiqishdi. Ushbu bahsda to'la ustunlik bilan "Mashal-2" g'alabaga erishdi. 3:1 hisobida yakunlangan uchrashuvda birinchi liga jamoamizni gollarini Abdurasul Jo'raev, Oybek Jo'raev, Sardor Sulaymonovlar kiritishdi. Dilshod Andaev shogirdlari 13 yanvar kuni Toshkentda tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Nazorat uchrashuvi
Buxoro. 11.01.2014

"Buxoro" (yoshlar) - "Mashal-2" (birinchi liga)  1:3
Gollar:
Abdurasul Jo'raev, Oybek Jo'raev, Sardor Sulaymonov

Ikkinchi bahs Jamshid Saidov shogirdlari tashabbusi bilan  boshlandi. "Buxoro"ning asosiy tarkibiga qarshi maydonga chiqqan yoshlarimiz kichik hisobda g'alaba bilan bahsni yakunladi. 1:0 hisobida yakunlangan o'yinda yagona golni Maradona Safarov kiritdi. Aytib o'tish joizki, ayni vaqtda Saidov boshqaruvidagi ushbu yoshlar tarkibida bir qancha asosiy tarkib futbolchilari Yangiyerda asosiy tarkib bilan mashg'ulotlarni olib bormoqda.

Nazorat uchrashuvi
Buxoro. 11.01.2014

"Buxoro" (asosiy tarkib) - "Mashal" (yoshlar)  0:1
Gol:
Maradona Safarov

Birinchi liga va yoshlarimiz endi Toshkentda tibbiy ko'rikdan o'tadi va mashg'ulotlarni Muborakda davom ettiradi.

Manba: fcmashal.uz