Martial futbol tarixidagi eng qimmat francuzga aylandi

Narzulla Saydullayev
2 sen 2015, 07:42
Hujumchi Antoni Martial Monakodan Manchester Yunaytedga o'tdi.

Shu tariqa, 19 yoshli futbolchi tarixdagi eng qimmat francuzga va Fransiya chempionati tashkil topganidan buyon eng qimmat narxga sotilgan futbolchi bo'ldi.

Martial hali Fransiya terma jamoasida debyut qilmagan. MYU Martial uchun 50 million evro to'lashi haqida xabar berilgandi. Yana 30 millionni Monako turli bonuslar sifatida olishi mumkin.

O'tgan mavsumdagi Fransiya chempionatida 35ta o'yinda Martial 9ta gol urdi va 3ta golli pas oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru