Marsyal uzoq muddatga safdan chiqdimi?

Sherzod Nurmatov
5 apr 2021, 01:25
"Qizil iblislar" forvardi mavsum oxirigacha maydonga tushmasligi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Antoni Marsyal 2022 yilgi Jahon chempionati saralashi doirasidagi Fransiya va Qozog'iston terma jamoalari o'rtasidagi o'yinda (2:0) tizzasidan jarohat olgan edi. 

"Qizil iblislar" ustozi Ole-Gunnar Sulsherning so'zlariga ko'ra, fransiyalikning jarohati dastlab kutilganidan jiddiyroq bo'lib chiqdi.

"Biz Antonini mavsum oxirigasa yo'qotgan bo'lishimiz mumkin. Ayniqsa, avvaliga u bilan hech qanday jiddiy voqea sodir bo'lmaganligi to'g'risida xabarlar tarqalganini hisobga olsak, bu xabarni qabul qilish qiyin bo'lyapti. Ko'rib turibmizki, hammasi biz kutganimizdan ko'ra yomonroq", – deydi Sulsher BBC'ga. 

Marsyal APLning joriy mavsumida "Manchester Yunayted" tarkibida 22 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC