Marselo: "Ronaldu diqqatini "Oltin to'p"ga emas, jamoa o'yinlariga qaratgan"
Tolibjon Qosimov
6 noya 2013, 16:09
"Real" himoyachisi Marselo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida kiritilgan gollar soni bo'yicha rekordni yangilagan Krishtianu Ronalduning yuqori sport formasi borasidagi fikrlari bilan o'rtoqdashdi.
"Ronaldu har doim zo'r formada. U mashg'lotlarda tinim bilmay ishlaydi. Albatta, u "Oltin to'p"ga munosib. Biroq u individual sovrinlardan ko'ra ko'proq jamoa o'yinlari va uning g'alabalariga diqqatini qaratadi", dedi himoyachi.