"Marsel" "Arsenal"ga Genduzi uchun 10-11 million evro to'laydi

Alisher
12 iyun 2022, 16:53
"Marsel" "Arsenal"dan ijaraga olingan yarim himoyachi Matteo Genduzini xarid qilish borasida kelishuvga erishdi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, francuz klubi "kanonirlar"ga 23 yoshli futbolchi uchun 10-11 million evro to'laydi.

"Marsel" Genduzini "Arsenal"dan 2021 yilning iyulida ijaraga olgan edi. Francuz o'tgan mavsum jamoa tarkibida 55ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 14ta assist qayd etdi.

Transfermarkt yarim himoyachini 25 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano