Marotta Dani Alvesning "Yuventus"ga o'tishi mumkinligini tasdiqladi

Aslanov Jasurbek
31 may 2016, 10:32
"Barselona" himoyachisi Dani Alves kelasi mavsumda "Yuventus" sharafini himoya qilishi mumkin.

Bu haqda "keksa sinora" bosh direktori Juzeppe Marotta e'lon qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, braziliyalik Italiya grandi bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi.

"Alves bilan muzokaralar yaxshi o'tayotganini tasdiqlashim mumkin" - deydi Marotta.

Bu borada rasmiy bayonot 31 may kuni e'lon qilinishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia