Marko Roys: “Borussiya“ futbolchilari stadiondagi barchadan uzr so'rashlari kerak“

Alisher
23 noya 2019, 11:06
Dortmundning “Borussiya“ klubi yarim himoyachisi Marko Roys Germaniya chempionatining 12-turidan o'rin olgan “Paderborn“ga qarshi o'yin natijasi haqida fikr bildirdi.

Uchrashuv 3:3 hisobida yakunlandi. Birinchi bo'limdan keyin mezbonlar 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. “Borussiya“ 90+3 daqiqada Roysning urgan goli evaziga mag'lubiyatdan qutulib qoldi.

"Stadiondagi barchadan uzr so'rashimiz kerak. Ikkinchi bo'limda biz o'z reakciyamizni namoyish etishimiz kerakligi aniq edi. Siz yiqilganingizda vaziyatni to'g'irlash uchun boringizni berasiz. Meni urgan golim qiziqtirmaydi. Birinchi bo'limda nima bo'ldi? Biz bu haqda gaplashib olamiz. Hammamiz bir jamoa bo'lib ko'proq ishlashimiz, birgalikda hujum qilishimiz va birgalikda himoyalanishimiz lozim“, - deydi Roys “Borussiya“ rasmiy saytiga bergan intervyusida.

“Borussiya“ Bundesligada beshinchi o'ringa ko'tarildi, “Paderborn“ esa so'nggi, 18-o'rinni band etib turibdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: bvb.de