Markizio faoliyatini Fransiya yoki Xitoyda davom ettirishi mumkin

Aslanov Jasurbek
18 avg 2018, 15:45
"Yuventus" sobiq yarim himoyachisi Klaudio Markizio faoliyatini Fransiya yoki Xitoy chempionatida davom ettirishi kutilmoqda.

Erkin agentga aylangan 32 yoshli futbolchida ikkita variant bor - PSJga o'tish yoki Xitoy chempionatida o'ynash.

25 yildan beri "Yuventus" tizimida bo'lgan Markizio kecha, 17 avgust kuni klub bilan shartnomasini bekor qildi.

U 2006 yilning avgustida "Yuventus" safida debyut qilgan edi. Markizio klub safida o'tkazgan 389ta uchrashuvida 37ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport