

QOZOG'ISTON
O'zbekistonlik futbolchilar
Odil Abdumajidov, Behruz Asqarov, Xurshid Muxtorov, Shahboz Umarov (barchasi – Turon)

Qozog'iston chempionatida 12-tur o'yinlari yakunlandi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi:
Jetisu – Qayrat – 2:2
Qiziljar – Aqtobe – 1:1
Atirau – Ulitau – 0:1
Turan – Jenis – 0:2
Astana – Oqjetpes – 5:2
Ordabasi – Elimay – 1:1
Qaysar – Tobil – 1:1
Turnir jadvalida Astana yetakchilik qilmoqda, Qayrat eng yaqin taqibchi bo'lib turibdi.

To'purarlar ro'yxatida Qayratning yosh forvardi Dastan Satpaev 8 ta gol urgan holda peshqadam bo'lib turibdi.

Dastan Satpaev, shuningdek, Qozog'iston Premer-ligasining eng qimmat futbolchisiga aylandi. Uning narxi birato'la 1,3 mln evroga ko'tarildi va 1,8 mln evroga etdi. Satpaevning jamoadoshi Valeriy Gromikoning narxi 200 ming evroga yuqoriladi, ammo 1,2 mln evroga baholanayotgan belaruslik yarim himoyachi eng qimmat futbolchi maqomini boy berdi.

13-tur o'yinlari 21–22 iyun kunlari o'tkaziladi:
21 iyun
Qayrat – Qiziljar
Jenis – Atirau
Tobil – Jetisu
Elimay – Turan
Oqjetpes – Ordabasi
22 iyun
Qaysar – Ulitau
Aqtobe – Astana.
TOJIKISTON
O'zbekistonlik futbolchilar
Hamidullo Abduhakimov, Sardor Xursandov, Mirjalol Qosimov, Sanjar Rixsiboev, Diyor Shavqiev, Izzatilla Tursunov, Zoir Tursunov (barchasi – Esxata); Suxrob Berdiev, Bobur Qosimov, Abdujalil Manazarov, Mirzohid Mirzomahmudov, Jahongir Safarov, Sardor Saidov, Shahzod Shamsiddinov (barchasi – Istaravshan); Zafar Ismoilov (Hulbuk); Firdavs Abdusalimov, Asiljon Begimqulov, Islom Toshpo'latov (barchasi – Xo'jand); Ayubxon Alimov, Rustam Qo'chqorov (barchasi – Panjsher).

Tojikiston chempionatida 12-tur o'yinlari bugun Xo'jand va Istiqlol uchrashuvidan so'ng nihoyasiga etadi. Ayni damda Istiqlol 21 ochko bilan 4-o'rinda bormoqda, biroq yuqoridagilardan ikki o'yin kam o'tkazgan va peshqadam bilan orqaliqdagi masofa 3 ochkoni tashkil etadi. Bugungi o'yindagi ehtimoliy g'alaba ularni yana yetakchilikka qaytarishi mumkin.
13-tur o'yinlari 20–22 iyun kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.
QIRG'IZ RESPUBLIKASI
O'zbekistonlik futbolchilar
Abdug'ani Kamolov (Abdish-Ata), Ismoil Abdurakhmonov, Sarvar Ablaev, Jamshid Kobulov, Eldor Mamatkazin, Mirzokhid Mamatxonov, Nuriddin Nuriddinov, Muhammadali Tursunov (barchasi – Alay); Azamat Maksumov, Timur Nabiev (barchasi – Asiagol); Dadaxon Yusupov (Ilbirs), Sherzod Abdullaev (Qirg'izoltin), Aziz Kosibxonov (Muras Yunayted), Farhod Mirahmadov, Sirojiddin Bashriddinov (Neftchi), Xushnud Bozorov, Rustam Quchqorov, Shohruhbek Muratov, Otabek Mo'minov, Ismoilxon Oxunxonov, Akmal Rahimov, Shukurjon Rustamjonov, Maradona Safarov, Behruz Shodmonov, Andrey Sidorov, Saidumar Sodiqov, Jasurbek Umrzoqov (barchasi – O'shMU-Aldier); Islom Abdullaev, Izzatilla Abdullaev, Jahongir Qushoqov, Javohir Sohibov (barchasi – O'zgan), Ulug'bek Sharipov, Nurmuhammad Toshpo'latov (barchasi – Talant).

Qirg'iz Respublikasida kubok bahslari o'tkazildi va chorak finalchilar aniqlandi. G'oliblikka da'vogarlardan hisoblangan Abdish-Ata 1/8 finaldayoq musobaqa bilan xayrlashdi.
Chorak finalda quyidagi juftliklar o'zaro bellashadi:
Dordoy – Alga
Talant – Bishkek Siti
Ozgon – Muras Yunayted
Alay – OshMU

TURKMANISTON

Turkmanistonda mamlakat kubogi chorak final javob o'yinlari bo'lib o'tdi. Unga ko'ra, amaldagi g'olib Arkadag' va Axal yarim final yo'lanmasini qo'lga kiritdi.
Nebitchi – Arkadag' – 1:3 (dastlabki o'yin – 0:6)
Gollar: 42 Xidir Yakubov – 7 Begench Akmamedov, 13 Shanazar Tirkishov, 49 Didar Durdiev
Kopetdag – Axal – 0:1
Gol: 8 Dayanch Meredov
Arkadag' yarim finalda Altin Asir – Ashxabad g'olibi bilan to'qnash kelsa, Axal Shagadam – Merv juftligida ustun kelgan jamoa bilan bellashadi.



