Mario Balotelli Shalkega qarshi o'yinda maydonga tusha olmaydi

Narzulla Saydullayev
23 noya 2016, 09:10
Niccaning italiyalik hujumchisi Mario Balotelli Yevropa ligasi doirasidagi Shalkega qarshi o'yinda ishtirok etmaydi.

Futbolchi mashg'ulotlar vaqtida o'ng oyog'idan jarohat oldi, deb xabar bermoqda klub rasmiy sayti.

Bu mavsumda Balotelli Niccu safida 9ta o'yinda maydonga tushib 7ta gol urdi.

Shalke – Nicca uchrashuvi 24 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23.00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ogcnice.com