Marat Bikmaev hakamlarni haqorat qilgani uchun ikkita uchrashuvga chetlatildi

17 sen 2018, 23:11
Superliganing 23-tur uchrashuvlari doirasidagi “Metallurg” – “Lokomotiv” bahsi 90+4 daqiqasida “temiryo'lchilar” jamoasi zaxira o'rindig'ida o'tirgan futbolchi – Marat Bikmaev hakamlar guruhi shaniga nomaqul so'zlar ishlatdi.

Natijada o'yinni boshqarib borgan hakam – Vladislav Seytlin ushbu futbolchini maydondan chetlatdi.

Vladislav Seytlin yozma bildirgi orqali ushbu vaziyatga izoh berarkan, Bikmaev avvaliga zaxira hakamini, so'ngra butun hakamlar guruhini haqorat qilganini ma'lum qildi. 

Mazkur vaziyat atroflicha o'rganib chiqildi va Musobaqalar reglamentining intizomiy va jarimalar kodeksi 3-bo'lim, 5.45 bandining “E” qismini qo'pol ravishda buzgani etirof etilgan Marat Bikmaev navbatdagi ikkita rasmiy uchrashuvdan chetlatildi va futbolchiga nisbatan 10 000 000 so'm miqdorida jarima belgilandi.  

O'xshash yangiliklar


Manba: pfl.uz