Maradonaning iste'fosi – 48 soat

Argentinalik mutaxassis Diego Maradona "Ximnasiya La-Plata" klubiga qaytdi.

Uning iste'fosi 19 noyabr kuni rasmiylashtirilgandi. Boisi shundaki, klubning amaldagi rahbariyati va Maradonani jamoaga olib kelgan sobiq prezidenti Gabriel Pellegrino o'rtasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklar edi. Ma'lum bo'lishcha, tomonlar o'zaro murosaga kelishdi va Maradona o'z vazifasiga qaytadigan bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, "Ximnasiya" klubi Maradona qo'l ostida 8 uchrashuv o'tkazib, 3 g'alaba va 5 mag'lubiyat qayd etgan.


Manba: Ole