

Argentina klubi bosh murabbiy bilan shartnoma uzaytirilganini rasman e'lon qildi. Tomonlar o'rtasidagi yangi bitim 2021 yilning dekabriga qadar amal qiladi.
Ma'lumot uchun, Maradona "Ximnasiya" boshqaruviga 2019 yilning sentyabrida tayinlangandi. Uning boshqaruvi ostida La-Plata shahri jamoasi 20ta o'yin o'tkazib, 7ta g'alaba, 8 mag'lubiyat va 5ta durang qayd etgan.



