

"Daily Mail" xabariga ko'ra, xaridorlar bilan kelisha olmagani sababli oila vakillari ishni to'xtatishni maqul ko'rishgan.
"Gleyzerlarning terisi qalin ekan, ularga muxlislarning reakciyasi ta’siri bo'lmayapti", - degan xaridorlardan biri.
Endi klubning sotish ishlari 2025 yilda boshlanishi mumkin va o'shanda klub sotuvining moliyaviy faktorlari xaridorlarga ko'proq maqul kelishi va xaridorlar ham ko'proq bo'lishini kutishmoqda. O'z navbatida ular 2025 yilda klublar o'rtasidagi JCH ishtirokchilari 32taga yetishi, shuningdek, navbatdagi mundialda ham termalar sonining ko'payishi sababli amerikalik milliarderlarning ko'proq e'tiborini tortishni o'ylashmoqda.
Shu orqali Gleyzerlar oilasi 2025 yilda klubni eng kamida 7 mlrd funtga sotishni reja qilishmoqda. Eng past narx esa 10 mlrd funtni tashkil qilishi mumkin.



