Manchester Yunayted yetakchisi yozda jamoani tark etishi mumkin

Khoja
1 may 2024, 08:52
Manchester Yunayted sardori Brunu Fernandesh yozda jamoani tark etishi haqidagi savolga javob berdi.

To'g'risini aytaman, agar Angliyadan ketish haqida o'ylasam, bu Evro-2024 dan so'ng sodir bo'ladi. Hozircha bor e'tiborimni Angliya kubogining finaliga qaratganman. Men uchun hozirda eng muhimi shu. Qolganini esa yozda o'ylab ko'raman, - degan Brunu.

Ma'lumot uchun, portugaliyalik futbolchi 2020 yilning yanvar oyida Angliyaga ko'chib o'tgandi. Yarim himoyachi joriy mavsum barcha musobaqalarda 45 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 15 ta gol va 11 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com