"Manchester Yunayted" yozda o'zi sotgan o'yinchini qaytarmoqchi

Aslanov Jasurbek
26 may 2017, 11:10
"Manchester Yunayted"ning mavsumlar oralig'ida markaziy himoyachi xarid qilmoqchi.

Klub himoyachi joyi uchun Maykl Kin ("Byornli"), Virjil van Deyk ("Sautgempton") va Viktor Lindelyof ("Benfika") nomzodlarini ko'rib chiqmoqda va ularni xarid qilish yo'llarini izlayapti.

Klub bosh murabbiyi Joze Mourinyo MYU vice-prezidenti Ed Vudvord bilan suhbatda bu ismlarni aytib o'tdi va "qizil iblislar" nomzodlarning birini xarid qilishga urinib ko'radi.

Maykl Kin 2015 yilda MYUdan "Byornli"ga o'tgan edi. Van Deykning transfer narxi - 57 mln. evro. Lindelyofniki esa 46 mln. funt.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports