

"Mirror" xabariga ko'ra, klub rahbariyati Shou bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshlashga yaqin turibdi. Sulsher futbolchining uzoq yillar jamoada qolishini va u klub loyihasining asosiy bo'lagi bo'lishini istamoqda. Amaldagi shartnoma yana ikki mavsum amal qiladi.
Shou ushbu mavsum APLning 25 o'yinida qatnashib, 1 gol va 5 assist qayd etdi.



