"Manchester Yunayted" "Sautgempton" forvardini o'z safiga qo'shib olishi mumkin

Alisher
20 may 2021, 12:52
"Manchester Yunayted" "Sautgempton" hujumchisi Denni Ingsga qiziqmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, "qizil iblislar" "Tottenxem" forvardi Xarri Keynni xarid qila olishmasa, 28 yoshli angliyalikning nomzodini ko'rib chiqishadi.

Ings 2020/21 yilgi mavsum 32ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 4ta assist qayd etdi.

Transfermarkt futbolchini 22 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph