Ings uchun mavsum yakunlandi

Eldor Akmurzayev
29 apr 2021
APL 29-turidan o'rin olgan “Tottenxem” (2:1)ga qarshi o'yinda “Sautgempton” a'zosi Denni Ings jarohat olgandi va bu jiddiy bo'lib chiqdi.

“Sautgempton” ustozi Ralf Xazenxyuttl so'zlariga ko'ra, futbolchi mashg'ulotlarda qatnashmayapti va katta ehtimol bilan joriy mavsum boshqa maydonga tushmaydi.

Shuningdek, 28 yoshli forvard Evro-2020 musobaqasini ham o'tkazib yuborishi mumkin. U joriy mavsum APLda 25 o'yinda qatnashib, 10+4 natija ko'rsatdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: football.ua