Ings "Manchester Siti"ga o'tishi mumkin

Alisher
13 iyul 2021
"Sautgempton" forvardi Denni Ings "Manchester Siti" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Manchester klubi rahbariyati Serxio Aguerodan keyin hujumchi qidirishda davom etmoqda. "Shaharliklar" "Sautgempton" bilan Ings borasida muzokaralarga kirishdi.

Denni o'tgan mavsum Angliya chempionati doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 4ta assist qayd etdi.

Hujumchining ingliz klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Football Insider