

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Hag jamoa sardori Harri Maguayr jarohat olgani va Manchester derbisida maydonga tusha olmasligini aytdi, deya xabar berdi "qizil iblislar" rasmiy sayti.
Aksel Tuanzebe va Brendon Uilyams ham o'yinni o'tkazib yuboradi. Marsyal va Reshford jarohatdan tiklanib, allaqachon mashg'ulotlarga qaytgan.
APLning 9-turidan o'rin olgan "Manchester Siti" – "Manchester Yunayted" uchrashuvi 2 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.



