

Manbaga ko'ra, "qizil iblislar" ko'proq o'yin vaqtini olish uchun qanot himoyachisi Diego Leon, himoyachi Seku Kone va markaziy himoyachi Ayden Xeyvenni qo'yib yuborishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, yarim himoyachi Kobbi Maynu va hujumchi Joshua Zirkzee ham jamoani tark etishi mumkin. Biroq, bu transferlarni amalga oshishi biroz qiyinroq, chunki "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim Brayan Mbemo, Amad Diallo va Noussair Mazraui Afrika Millatlar Kubogiga ketishi sababli ularni jamoada olib qolmoqchi.



