Manchester Yunayted portugaliyalik murabbiy bilan kelishuvga erishdi

Khoja
29 okt 2024, 10:31
Manchester Yunayted Sporting bosh murabbiyi Ruben Amorim bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi.

Endi inglizlar Portugaliya jamoasi bilan murabbiyning tovon puli bo'yicha kelishuvga erishsa, bo'ldi. Qizil iblislar murabbiy uchun Sporting klubiga 10 million evro tovon to'lashga tayyorligini ma'lum qilgan.

Eslatib o'tamiz, Amorim 2020 yildan beri Sporting ustozi hisoblanadi. Uning qo'l ostida jamoa ikki karra Portugaliya chempionligini qo'lga kiritgan. Shuningdek, uch marta Portugaliya kubogi va bir marta Portugaliya superkubogida g'alaba qozongan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: sports.ru