"Manchester Yunayted" muxlislari uchun ajoyib xabar!

Mirjalol Normatov
14 okt 2018, 11:11
"Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xea jamoada qolishga qaror qildi.

MEN nashri xabariga ko'ra, ispaniyalik posbon yaqin vaqtlarda jamoasi bilan shartnomasini uzaytiradi.

27 yoshli posbonning amaldagi shartnomasi ushbu mavsum yakuniga qadar amal qiladi. Shartnomaga ko'ra, uni yana bir yilga uzaytirish mumkin. Ammo David jamoada uzoq vaqt qolib, faoliyatini shu yerda yakunlashga qaror qilgan. Shu boisdan u rahbariyatdan uzoq muddatli kelishuvni talab qilmoqda.

Bu mavsumda De Xea "Yunayted" tarkibida 10 o'yinda qatnashib, 14 gol o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: MEN