

Ma'lum bo'lishcha, ingliz klubi 19 yoshli futbolchi bilan kelishuvga erishgan. Fransiyalik hujumchining "Monako" bilan shartnomasi 2019 yilgacha belgilangan.
Oldinroq "Monako" o'z futbolchisi uchun 60 mln. evro va Markos Roxoni ijaraga olishni istayotgan edi. Klub MYUning 50 mln. evrolik taklifini rad etdi.



