"Manchester Yunayted" ketma-ket ettinchi marta Angliya kubogi chorak finaliga chiqdi

Aziz Tukhtamuradov
10 fev 2021, 08:05
"Manchester Yunayted" Angliya kubogi 1/8 finali doirasida "Vest Xem"ni mag'lubiyatga uchratdi.

Bu orqali "qizil iblislar" ketma-ket 7-marta Angliya kubogi chorak finaliga chiqishdi. Jamoa so'nggi marotaba 2013/14 yilgi mavsumda uchinchi bosqichda "Suonsi"ga yutqazib qo'yib, chorak final yo'llanmasini hal qila olmagandi. 

Shu etti yil ichida klub ikki marta finalga chiqdi va bir marta ushbu turnir g'olibiga aylandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sports.ru