"Manchester Yunayted" ilk qishki transferni kelishib oldi

Mirjalol Normatov
18 yanv 2019
"Amen" hujumchisi Noam Emeran "Manchester Yunayted"ga o'tish arafasida.

16 yoshli futbolchi "Manchester Yunayted"ga o'tishi aniqligini "The Sun" nashriga ma'lum qilgan. Uning oldida boshqa jamoalardan ham takliflar bo'lgan. Ammo u aynan "Manchester Yunayted"ga o'tishni istagan.

Emeranning aytishiga ko'ra, uning transferidagi asosiy sababchi Antoni Marsyal bo'lgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun