"Manchester Yunayted" futbolchisi klubni tark etmoqchi emas

Narzulla Saydullayev
4 fev 2018, 10:59
"Valensiya"da ijarada o'ynayotgan "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Andreas Pereyra mankunian klubiga qaytishga umid qilmoqda.

"Manchestyerdan ketish qiyin bo'lgandi. Men "Manchester Yunayted"ni tark etishni istamayman. Ammo o'ynagim kelmoqda. Ispaniyada olingan tajriba meni yanada kuchliroq qiladi va MYUning bir bo'lagiga aylana olaman. Agar "Valensiya"da barchasi yaxshi bo'lsa, yozda "Manchester Yunayted"ga qaytaman", - deydi Pereyra Guardian nashriga.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: theguardian.com