"Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" Anchelottiga da'vogar

Aslanov Jasurbek
11 fev 2015, 13:47
"Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Xabarlarga ko'ra, agar italiyalik mutaxassis "Qirollik klubi"ni tark etsa, bu ikki klub murabbiy uchun kurashga tayyor.

Eslatib o'tamiz, oldinroq "qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peres Anchelottini iste'foga chiqarish haqida bosh qotirayotgan edi. "Real" o'zining so'nggi uchrashuvida "Atletiko"ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi (0:4).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com