"Manchester Yunayted" Mirandani olish uchun 3ta futbolchini sotmoqchi

Narzulla Saydullayev
14 iyun 2014, 13:19
"Manchester Yunayted" "Atletiko" himoyachisi Mirandani o'z safiiga qo'shib olishga urinmoqda, deb xabar bermoqda britan matbuoti.
Braziliyalik futbolchining shartnomasiga ko'ra transfer narxi 30 million evroga teng. "Matraschilar" futbolchini bundan kamiga sotmoqchi emaslar. Mankunianliklar himoyachiga 4 yillik shartnoma taklif qilmoqchi.
 
Mirandani sotib olish uchun pullarni Nani, Anderson va Chicharitoni sotish orqali topish rejalashtirilmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru