"Manchester Siti"ning yozgi transfer maqsadlari ma'lum

Sherzod Nurmatov
5 fev 2024, 11:35
"Shaharliklar" tarkibni kuchaytiradi.

"Manchester Siti"ning yozgi transferlar ro'yxatida 3 nafar futbolchi bor. Bu haqda "The Athletic" nashri xabar bermoqda.

"Siti" tarkibini kuchaytirish uchun birinchi nomzod "Trua" vingeri Savio bo'lib turibdi, u hozirda "Jirona"da ijara asosida to'p tepmoqda. Bu 3 klub City Football Group tizimiga kiradi, shuning uchun futbolchining transferini tashkil qilish qiyin bo'lmaydi.

Bundan tashqari, "Manchester Siti" "Bavariya"ning ikki yarim himoyachisi – Joshua Kimmix va Jamol Musialani sotib olmoqchi. "Shaharliklar" agar futbolchilar o'sha vaqtgacha myunxenliklar bilan shartnomani uzaytirmasa, ularni yozda qo'lga kiritishga harakat qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic