Italiya Kubogi. Barcha chorak finalchilar va juftliklar ma'lum!

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2026
Italiya Kubogining 1/8 final bosqichi o'z yakuniga etdi.

So'nggi yo'llanma uchun kechgan bahsda "Komo" o'z maydonida "Fiorentina"ni 3:1 hisobida mag'lub etib, kuchli sakkizlikni to'ldirib berdi.

Shu tariqa, musobaqaning chorak finalida quyidagi juftliklar bahs olib boradigan bo'lishdi:

"Inter" - "Torino"

"Atalanta" - "Yuventus"

"Bolonya" - "Lacio"

"Napoli" - "Komo"

Chorak final uchrashuvlari fevral oyining birinchi yarmida bo'lib o'tadi. Eslatib o'tamiz, Italiya Kubogining amaldagi g'olibi "Bolonya" jamoasi hisoblanadi. Ular o'tgan yili finalda "Milan"ni (1:0) mag'lub etishgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia