"Manchester Siti"ga yangi sardor tayinlandi

Aslanov Jasurbek
18 iyun 2025, 14:57
Bernardu Silva "Manchester Siti"ning yangi sardori bo'ldi.

Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiola ma'lum qildi.

"Faoliyatimda ilk bor sardorni o'zim tanladim. O'tgan mavsumda yuz bergan voqealar (Kayl Uoker sardor bo'lgan paytda "Milan"ga o'tgan) menga yoqmadi va bu mavsumda jamoa nomidan qaror qabul qildim. Bazan boss bo'lishni xohlayman. To'rtta sardorni tanladim va klublar jahon chempionati yakunida yana bir yoki ikkita sardorni tanlayman.

Erling Xoland yosh, lekin u sardor bo'lish nima ekanini tushuna boshlashi kerak, umid qilamanki, u "Siti"da yana ko'p yillar qoladi va shu sababdan erta yoki kech u bu vazifa uchun birinchi nomzod bo'ladi.

Sizda Bernardu, Ruben [Diash], Rodri va Ilkay [Gyundogan] kabi ajoyib yetakchilar bor. Jamoa sardorlari sheriklarini, klubni birinchi o'ringa qo'yishi va doim jamoa uchun nima yaxshi ekanini so'rashi kerak. Ular jamoa uchun eng yaxshisini aniqlaganda, xato qilmasliklari lozim.

Menimcha, Bernardu ko'p yillar davomida biz uchun futbolchi bo'ldi. Har doim qiyin paytlarda u o'zini ko'rsatishi kerakligini tushungan", – dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: mancity.com