"Manchester Siti"dagilar Gvardiola bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Mirjalol Normatov
10 okt 2020, 11:45
"Manchester Siti" direktori Omar Berrada klub jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan shartnomani uzaytirish masalasini ko'rib chiqmoqda.

"Fakt shundaki, Pep "Manchester Siti"ni yuqori darajaga olib chiqdi va rivojlantirishda davom ettirmoqda. Demak, u bu yerdaligidan mamnun. Shuningdek, Pep bizning jamoani boshqarayotgani ham biz uchun qulay. Gvardiola - dunyoning eng yaxshi murabbiyi, uning "Manchester Siti"da qolishini istaymiz.

Kerakli paytda shartnoma borasida gaplashamiz. U bilan yana bir necha yillik shartnoma imzolashga umid qilyapmiz. Gvardiolaning jamoaga beradigan effekti juda yuqori. Demak, bizning poziciyamiz shunday. Endi buyog'i Pepga bog'liq", - dedi Berrada.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal