"Manchester Siti" va "Bavariya" Frenki de Yong bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
26 okt 2021, 13:48
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yongga Yevropaning ikki top-klubi qiziqmoqda.

Xavbek faoliyatini Angliya Premer-ligasida yoki nemis Bundesligasida davom ettirishi mumkin.

De Yong bilan "Manchester Siti" va "Bavariya" shartnoma imzolamoqchi. Ikki klub ham joriy mavsum so'nggida niderlandiyalik uchun kurashmoqchi.

Frenki 2019 yilning iyulidan beri "ko'k-anorranglilar" sharafini himoya qiladi. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma 2026 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal