"Manchester Siti" Pogba va Stouns xaridi uchun Gvardiolaga 170 mln. evro ajratishga tayyor

Aslanov Jasurbek
2 fev 2016, 15:49
"Manchester Siti" yangi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yozgi transferlar uchun 170 mln. evrga ega bo'ldi

Kecha "shaharliklar" mavsum oxirida Manuel Pellegrini bilan xayrlashishini va uning o'rniga "Bavariya" ustozi Xosep Gvaridola kelishini e'lon qilgan edi. Ma'lum bo'lishicha, "Siti" rahbariyati "Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogba va "Everton" himoyachisi Jon Stouns xaridi uchun ispaniyalik mutaxassisga 170 mln. funt ajratadi.

Gvardiolaning "Manchester Siti"dagi maoshi haftasiga 400 ming funtni tashkil etadi, bu mablag' APLning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisi Ueyn Runinikidan ham ko'p.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail