

Kecha "shaharliklar" mavsum oxirida Manuel Pellegrini bilan xayrlashishini va uning o'rniga "Bavariya" ustozi Xosep Gvaridola kelishini e'lon qilgan edi. Ma'lum bo'lishicha, "Siti" rahbariyati "Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogba va "Everton" himoyachisi Jon Stouns xaridi uchun ispaniyalik mutaxassisga 170 mln. funt ajratadi.
Gvardiolaning "Manchester Siti"dagi maoshi haftasiga 400 ming funtni tashkil etadi, bu mablag' APLning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisi Ueyn Runinikidan ham ko'p.



