“Manchester Siti” Kokega qiziqmoqda

Aslanov Jasurbek
15 dek 2016, 19:10
Angliyaning “Manchester Siti” klubi Ispaniyaning “Atletiko” jamoasi yarim himoyachisi Kokega qiziqish bildirmoqda.
Marca nashrining xabariga ko'ra “shaharliklar” skautlari Kokeni kuzatishmoqda. Skautlar batafsil ma'lumotlarni Xosep Gvardiolaga etkazishmoqda. Kataloniyalik mutaxassis jamoaning yarim himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi va  ushbu poziciyaga Kokeni maqul variant deb qaramoqda. “Atletiko” yarim himoyachisining boshqa jamoaga ko'chib o'tishi uchun kompensatciya puli 150 million evroni tashkil etadi. Futbolchining “Atletiko” bilan tuzgan shartnomasi 2019 yili o'z nihoyasiga etadi.

Eslatib o'tamiz, Koke ushbu mavsum Ispaniya chempionatida 14 ta uchrashuvda maydonga tushib 3 marotaba jamoadoshlariga golli uzatma oshirgan va 1 marotaba raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan.


Futbolga oid tezkor va muhim xabarlar saytimizning Telegram'dagi sahifasida! Obuna bo'lishni tavsiya etamiz > > > TELEGRAM'DAGI KANALIMIZ

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca