

Klub rasmiy saytining xabar berishicha, "Kristal Pelas"ga qarshi bahsning 29-daqiqasida jarohat olib, maydonni tark etgan Mendi 9 oy maydonga tusha olmaydi. Demak, himoyachi bu mavsum jamoasi ishtirokidagi nabatdagi uchrashuvlarda qatnashmaydi.
Eslatib o'tamiz, Mendi Monakodan 57,5 million evro evaziga Manchesterga ko'chib o'tgach, dunyoning eng qimmat himoyachisiga aylangan edi.



