"Manchester Siti" xarid qilgan yangi futbolchi 2-3 hafta maydonga tusha olmaydi

Aslanov Jasurbek
26 iyul 2017, 14:43
"Manchester Siti"ning yangi himoyachisi Benjamin Mendi kichik jarohatga ega va 2-3 haftadan so'ng maydonga tushishi mumkin.

Bu haqda ingliz jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ma'lum qildi.

"Biz faqat 2017/18 mavsum uchungina emas, balki 5-6 yil birga bo'ladigan futbolchilarni xarid qildik. Benjamin Mendida kichik jarohat bor, ammo 2-3 haftadan so'ng u o'ynaydi. Mendi - yosh, kuchli himoyachi va ajoyib inson, u bizning jamoamizga o'tganidan xursandmiz" - deydi Gvardiola.

23 yoshli futbolchi 24 iyul kuni "Manchester Siti" bilan shartnoma imzoladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com