"Manchester Siti" himoyachisi: "Jarohat" FKdagi ijaram tugadi"

Tolibjon Qosimov
14 apr 2018, 12:42
"Manchester Siti"ning chap qanot himoyachisi Benjamin Mendi safga qaytishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.

O'yinchi jarohatidan qutuldi.

"Tezkor yangilik: Mening "Jarohat" FKdagi ijaram tugadi. Yana "Siti" uchun o'ynashimdan baxtliman. Tiklanishimda yordam bergan hammaga rahmat", - deb yozdi futbolchi o'zining tvitter sahifasida.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/benmendy23