"Manchester Siti" darvozaboni MLS klublari nishonida

Alisher
21 apr 2020, 18:12
"Manchester Siti" darvozaboni Klaudio Bravo yozgi transferlar oynasida klubdan ketishi mumkin.

34 yoshli chililik darvozabon uchun bir qator MLS klublari raqobat qilmoqda, jumladan "Nyu-York Siti" klubi darvozabon bilan 4 yillik shartnoma imzolashga tayyor.

Bravo joriy mavsum APL doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport Witness