"Manchester Siti" birinchi bo'limda raqib darvozasiga umuman zarba bermadi
Narzulla Saydullayev
23 okt 2016, 18:36
APL 9-turida "Manchester Siti" klubi o'z uyida "Sautgempton"ni qabul qilmoqda.
Birinchi bo'limdan keyin hisob 0:1, mehmonlar foydasiga. "Siti" futbolchilari dastlabki 45 daqiqada raqib darvozasi tomon umuman zarba bermadi. So'nggi bor bunday holat 2015 yil 25 oktyabr kuni "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsda qayd etilgandi.