"Manchester Siti" "Atletiko" futbolchisi uchun 80 mln. evro bermoqchi

Aslanov Jasurbek
20 mar 2019, 18:14
"Atletiko" yarim himoyachisi Saul Niges "Manchester Siti"ga o'tishga yaqin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Siti" Ispaniya terma jamoasi xavbekini 80 mln. evroga sotib olishga yaqin turibdi. Saul uchun kurashda inglizlar "Barselona"ni ortda qoldirishmoqda.

"Manchester Siti" futbolchi transferini rasmiylashtirish ishlarini boshlab yubordi. Saul joriy mavsumdan so'ng boshqa klubga o'tmoqchi.

U "Barselona" variantiga qiziqish bildirgan edi, ammo uning vakillari Kataloniya klubiga Saul Angliyaga ketishini aytishdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN