Man Sitining asosiy himoyachisi matbuot anjumanida Husanov haqida fikr bildirdi

Khoja
29 yanv 2025, 08:08
Manchester Siti himoyachisi Yoshko Gvardiol Bryuggega qarshi uchrashuvdan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi.

Birinchi navbatda u yaxshi yigit. U debyut o'yinida yaxshi harakat qildi. Premer-ligada Chelsiga qarshi o'yinda debyut qilish oson emas. U hali yosh, menimcha Abduqodir hali uzoq yillar davomidaManchester Siti libosida harakat qiladi. Biz unga maksimal darajada yordam berishga harakat qilamiz, - deb fikr bildirdi himoyachi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com