"Man Siti"dan evrokuboklar bo'yicha taqiq olib tashlandi. "Siti" kimlar bilan shartnoma imzolamoqchi?

Alisher
14 iyul 2020, 12:54
"Manchester Siti" evrokuboklarda ishtirok etishga ruxsat berilganidan so'ng tarkibni jiddiy tarzda kuchaytirmoqchi.

"Siti"ning transferlar ro'yxatidan David Alaba ("Bavariya"), Kalidu Kulibali ("Napoli"), Ferran Torres ("Valensiya") va Lautaro Martines ("Inter")lar o'rin egallagan.

Qayd etish kerakki, "Man Siti" tez orada Kevin de Bryuyne, Rahim Sterling va Gabriel Jezuslar bilan tuzilgan shartnomalarni uzaytirmoqchi.

"Siti" shuningdek Gvardiola bilan shartnomani uzaytirish imkoniyatlarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Uning shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi.

Xabarlarga ko'ra, "Siti" kamida ikki hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi. Ular Argentinada faoliyatini davom ettirishni xohlayotgan Serxio Agueroning o'rnini egallashi kerak.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail